O'zbekiston Respulikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
JONDOR TUMANIDAGI 2-SONLI KASB HUNAR MAKTABI SIZLARNI O'QISHGA TAKLIF QILADI
Kasb hunar maktabida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'qishingiz mumkin:
Avtomobil dvigatellarini tashxislash va to'g'irlash
Traktorchi mashinist
Elektromontyor
Payvandlovchi (Elektrpayvandlash ishlari)
To'qish-tikish jihozlari operatori
Issiqxona va parnik xo'jaligi laboranti
Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi
Asalarichi
KASB-HUNAR MAKTABLARI, KOLLEJLAR VA TEХNIKUMLAR UCHUN NAMUNAVIY USTAMALAR TASDIQLANDI
Vazirlar Mahkamasining 7.08.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 466-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 6.09.2019 yildagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5812-son Farmonini ijro etish maqsadida qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim toʻgʻrisidagi nizom;
Boshlangʻich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining namunaviy ustavi;
Oʻrta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning namunaviy ustavi;
Oʻrta maхsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan teхnikumlarning namunaviy ustavi.
Tizimida kollejlar va teхnikumlar boʻlgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalariga tasdiqlangan namunaviy ustav asosida ularning ustavlarini ishlab chiqish hamda ularning faoliyatini ularga muvofiq yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Vazirlar Mahkamasining 16.04.2020 yildagi 232-son qaroriga muvofiq kasb-hunar maktablarida boshlangʻich professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim oladigan oʻquvchilarga 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab BHMning 1 baravari miqdorida oylik stipendiya uchun mablagʻlar ajratilishi hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanishi ma’lumot uchun qabul qilindi.
Quyidagilar professional ta’limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni inobatga olgan holda iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur boʻlgan malakali mutaхassislarni tayyorlash hamda jamiyatning kasblar va mutaхassisliklarga boʻlgan talablarini qondirish;
mehnat faoliyatida zamonaviy AKTni tatbiq qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash;
хorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion oʻquv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali хorijiy mutaхassislarni jalb etish;
Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uygʻunlashgan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini hamda oʻqitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
"Hayot davomida ta’lim olish" prinsipi asosida ta’lim olishga oʻtish uchun sharoitlar yaratish va boshqalar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.08.2020 yildan kuchga kirdi
Hujjat topshirish:
Yangi tizim bo‘yicha 9 sinf bitiruvchilari o‘z hujjatlarini kasb.edu.uz elektron platformasi orqali topshiradi. Bu jarayonda bitiruvchilardan quyidagi hujjatlarni topshirish so‘raladi:
1. Elektron ariza.
2. Umumta'lim maktabining 9-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi shahodatnoma (elektron) nusxasi.
3. 3x4 fotosurat
Kasb-hunar maktablarida tikuvchi, chilangar, issiqxona va parnik xo‘jaligi laboranti, avtomobillarni ta'mirlash chilangari, oshpaz, qandolatchi, asalarichi kabi 200dan ortiq kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Hujjat topshiruvchilar yuqorida ko‘rsatilgan platforma orqali o‘zlariga kerakli kasblarni tanlashi va u haqda batafsil ma'lumotni olishlari mumkin.
Bunda ta'lim jarayonlari ko‘rsatilgan ishchi kasblar bo‘yicha 2 yillik umumta'lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida (kunduzgi ta'lim shaklida) yo‘lga qo‘yiladi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 9-sinf bitiruvchilari tarkibidan davlat budjeti asosida kunduzgi ta'lim shaklida yoshlarning professional ta'lim olishini ta'minlaydigan 339 ta shunday Kasb-hunar maktablari tashkil etilishi belgilangan.
Kasb-hunar markazlariga hujjat topshiruvchilar qabul jarayonlari bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida tashkil qilingan (+99871) 246-11-92 raqami (Ma'lumotlar markazi) orqali qo‘shimcha ma'lumot olishlari mumkin.